Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi

Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi


O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi 1968 yili buyuk shoirning 525 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan. U shu choqqacha xalqimizning ko‘p asrlik adabiy merosini jamlash, uni muhofaza qilish, targ‘ib etish va tadqiq qilishda katta ishlarni amalga oshirib kelmoqda. O‘tgan davr davomida muzeyning XV-XX asr adabiyoti tarixini namoyish etuvchi boy ekspozitsiyasi yaratildi. Tomoshabinlar ko‘p asrlik boy adabiy tariximizning noyob durdonalari bilan tanishibgina qolmay O‘rta Osiyo madaniyati va san’atining badiiy namunalari-kitob, tasviriy san’at, xattotlik, naqqoshlik, musiqa va me’morchilik asarlari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega. Muzeyda qo‘lyozmalar bilan birgalikda eski bosma kitoblar fondi ham muntazam boyib boryapti. Adabiyot muzeyi binosining o‘zi ham noyob arxitektura yodgorligi sifatida diqqat e’tiborni o‘ziga jalb etadi. Bino 1933-1936 yillarda qurilgan. Muzey Xalqaro muzeylar kengashi IKOM tashkiloti a’zosidir.

Yaqin kundagi tadbirlar

  • Bu yerda tadbir yo'q
  • Suratlar
    Yangilik va maqolalar

    Leave a Comment